Tramp Netanyaxuga baqirdi – OAV

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga ishonmasligini bildirib, telefon orqali suhbat davomida unga baqirgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, NBC News xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Tramp va Netanyaxu iyul oyi oxirida G‘azodagi vaziyat bo‘yicha telefon orqali asabiy suhbat o‘tkazgan. 

Suhbat davomida Isroil Bosh vaziri Trampga G‘azo sektoridagi ochlik – bu HAMAS tomonidan uyushtirilgan soxta da’vo ekanini aytgan. Shunda Tramp uning gapini bo‘lib, baland ovozda unga ishonmasligini bildirgan. 

“Men ochlik haqidagi soxta bayonotlarni eshitishni istamayman. Yordamchilarim menga G‘azoda bolalar ochlikdan aziyat chekayotganiga oid dalillarni ko‘rsatdi”, degan Tramp. 

Bu suhbatdan bir kun oldin Netanyaxu omma oldida “G‘azoda ochlik siyosati olib borilmayapti va u yerda ochlik yo‘q”, deya bayonot bergan. O‘sha paytda Tramp “uning gaplariga unchalik ishonmayman”, deb aytgan.

Isroil rasmiylari esa Trampning Netanyaxuga baqirgani haqidagi xabarni rad etgan. Isroil hukumati bayonotida ikki yetakchi o‘rtasidagi suhbat hech qanday ko‘ngilsiz hodisasiz o‘tgani bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 avgust kuni AQSH Prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff G‘azo sektoriga tashrif buyurib, yordam taqsimlanadigan punktlarni ko‘zdan kechirgandi. Uning safaridan maqsad – G‘azodagi oziq-ovqat inqirozi fonida AQSH tomonidan ishlab chiqilayotgan yordam rejasini aniqlashtirish edi. Uitkoff Rafah shahrida joylashgan tarqatish markaziga borgan. Bu tashrif G‘azoga hozirgacha bo‘lgan eng yirik havo orqali gumanitar yordam yetkazilgan kunga to‘g‘ri kelgan. Yordam BAA, Iordaniya, Germaniya, Ispaniya, Belgiya, Fransiya va Bahrayn tomonidan yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Oq uy G'azo Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing