Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

Tramp Navro‘zni nishonlaydigan xalqlarni bayram bilan tabrikladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlari va butun dunyo bo‘ylab qadimiy Navro‘z bayramini nishonlayotgan barchaga tabrik yo‘lladi. Uning tabrigi Oq uy tomonidan e’lon qilindi.

“Navro‘z fors xalqi uchun quvonchli bayram bo‘lib, bahorning boshlanishi va Fors Yangi yili sifatida nishonlanadi. Bu ko‘p yillik an’ana o‘tgan yil ne’matlari haqida o‘ylash va kelayotgan bahorga yangilangan nekbinlik ruhi bilan tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqtni taqdim etadi”, deydi Tramp.

Uning aytishicha, fors xalqi o‘zining jo‘shqin madaniyati va matematika, fan, huquq, texnologiya va san’at kabi sohalardagi ajoyib iste’dodlari bilan jamiyatga ko‘plab ajralmas hissa qo‘shmoqda.

“Amerika Qo‘shma Shtatlari nomidan quvonchli bayram munosabati bilan eng samimiy tabriklarimni bildiraman. Navro‘z Piruzi!” dedi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili AQSHning o‘sha paytdagi prezidenti Jo Bayden Markaziy Osiyo,  Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo, Kavkaz va Yevropa xalqlarini ham Navro‘z bilan qutlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Navro'z

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing