Tramp me’yordan ortiq aspirin ichishini aytdi
Olam
−
03 yanvar 3109 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp har kuni shifokor tavsiya qilganidan ko‘ra ko‘proq aspirin ichishini aytdi. Bu haqda u “The Wall Street Journal” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Prezidentning shifokori Shon Barbabellaning aytishicha, 79 yoshli Donald Tramp yurak kassalliklaridan himoyalanish uchun kuniga 325 mg aspirin qabul qiladi. Biroq bu maqsadda dorini qabul qilish juda ko‘p doza hisoblanadi.
“Ular aspirinni qonni suyultirish uchun yaxshi deb aytishadi. Shuning uchun men yuragimga quyuq qon quyilishini xohlamayman”, deydi Tramp
Oq uy rahbari intervyuda 25 yildan beri aspirinning me’yordan ortiq dozasini qabul qilib kelishini aytgan. U 82 yoshda bo‘lgan hamda 2024 yilda sog‘lig‘i borasidagi xavotirlar tufayli qayta saylanish huquqidan voz kechgan Jo Baydendan keyingi AQSH Prezidenti lavozimini egallagan ikkinchi eng keksa Prezident hisoblanadi.
Biroq Trampning sog‘lig‘i ham qoniqarli darajada emas. Bu xavotirlar 2025 yil yozda uning qo‘lida ko‘karishlar paydo bo‘lgandan so‘ng boshlandi. Iyul oyida Trampga surunkali vena yetishmovchiligi tashxisi qo‘yildi. Oq uy matbuot kotibi Karolin Livitt buni “zararsiz va ko‘p uchraydigan holat” deb ta’rifladi. Buning sababi shikastlangan venalar qonning to‘g‘ri oqishiga to‘sqinlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Donald Trampning qo‘lida ko‘karishlar paydo bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Oq uy rahbari suratlarda qo‘lining ko‘kargan joyini ko‘rsatmagan, biroq Prezidentning qo‘lini qalin krem qatlami bilan qoplanganini bilish mumkin.
Live
Barchasi