Tramp o‘zi tengi qaynonasidan ayrildi

Olam

image

Kecha, 9 yanvar kuni AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning qaynonasi, sobiq birinchi xonim Melaniya Trampning onasi Amaliya Knavs 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda Melaniya Tramp o‘zining X'dagi (sobiq Twitter) sahifasida xabar berdi.

“Sevimli onam Amaliya vafot etganini chuqur qayg‘u bilan e’lon qilaman. Amaliya Knavs o‘zini doimo nazokat, iliqlik va qadr-qimmat bilan olib yuradigan kuchli ayol edi. U eriga, qizlariga, nabirasi va kuyoviga juda mehribon edi. Biz uni juda sog‘inamiz hamda onajonimizni hurmat qilishda va sevishda davom etamiz”, deb yozadi Tramp xonim. 

ABC xabariga ko‘ra, Knavs Florida shtatida vafot etgan.

“Bu butun Tramp oilasi uchun juda qayg‘uli kecha!!! Melaniyaning ajoyib va go‘zal onasi Amaliya osmondagi go‘zal joyiga ketdi. U aqlbovar qilmaydigan ayol edi va uni so‘z bilan aytish mumkin emas!", deb yozgan sobiq prezident Instagram'dagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Amaliya Knavs va uning turmush o‘rtog‘i Viktor 2018 yilda qizi Tramp xonim homiyligidagi Green Card dasturi bo‘yicha AQSHda yashash huquqini va Amerika fuqaroligini olgan.

U Sloveniyaning Sevnitsa shahridagi to‘qimachilik fabrikasida ishlagan, eri Viktor esa avtomobil sotuvchisi bo‘lgan.

Tramp xonim ham Sloveniya poytaxti Lyublyanadagi o‘rta maktabda tahsil olgan. U Donald Tramp bilan 2005 yilda model sifatida ishlayotgan vaqtida tanishgan va 2006 yilda u bilan Barron ismli o‘g‘il ko‘rgan. O‘sha yili u AQSH fuqaroligini olgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Donald Trampning opasi Merienn Tramp Barri 86 yoshida Nyu-Yorkda vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Melaniya Tramp Amaliya Knavs

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing