Tramp Maskka Oq uyning oltin kalitini sovg‘a qildi (video)
Olam
−
31 May 2025 5982 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp milliarder Ilon Maskka Oq uyning oltin kalitini sovg‘a qildi. Jarayon Oq uy tomonidan jonli translyatsiya qilindi.
Prezident sovg‘ani Oq uy ramzlari tushirilgan yog‘och qutidan olib chiqdi. Tramp milliarderga ushbu sovg‘ani maxsus davlat xodimi sifatidagi faoliyati uchun taqdim etgan.
Mask hazil bilan bunday kalit uchun qulf ajoyib bo‘lishi kerakligini aytdi. Donald Tramp esa unga kalit teshigi juda katta ekanligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask vakolat muddati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqishini ma’lum qilgan edi. U Trampning “do‘sti va maslahatchisi” bo‘lib qolishini ta’kidladi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr