Tramp Markaziy Osiyo rahbarlarini sammit o‘tkazishga taklif qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini S5+1 shaklidagi sammitga taklif qildi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi. 

Uchrashuv joriy yilning 6 noyabr kuni Vashington shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Trampning taklifini minnatdorlik bilan qabul qilgan va AQSH Prezidentining olib borayotgan siyosatini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Ma’lumot uchun, S5+1 formati aslida 2015 yilda tashkil etilgan. O‘shandan beri 2023 yil 19 sentyabrda birinchi marta davlat rahbarlari ishtirokida sammit o‘tkazildi. Tadbirda AQSH Prezidenti Jo Bayden, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov, Tojikiston yetakchisi Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev qatnashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Kongressi a’zolari Sidni Kamlager-Dav va Bill Xyoyzenga Prezident Donald Trampga diplomatik forumning 10 yilligi munosabati bilan Vashingtonda S5+1 sammitini o‘tkazishga da’vat qilib, maktub yo‘llagandi. Maktubda kongressmenlar forumning yubileyi Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni mustahkamlash va AQSHning mintaqadagi xavfsizlik, iqtisodiyot, yumshoq kuch va boshqaruv sohalarida strategik manfaatlarini ilgari surish uchun noyob imkoniyat ekanini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Qosim-Jomart To'qaev S5+1

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing