Tramp maoshini nimalarga sarflashini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zini maoshini ehson qiladigan “deyarli yagona Prezident” deb atadi. U, shuningdek, topgan pulini qanday maqsadlarga yo‘naltirgani haqida ham ma’lumot berdi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Amerikalik yetakchining yozishicha, u o‘z maoshini ehson qilayotgan yagona Prezidentligidan (AQSHning birinchi prezidenti Jorj Vashingtondan tashqari) faxrlanadi.

“Mening birinchi “maoshim” Oq uy tarixiy assotsiatsiyasiga zarur bo‘lgan go‘zal “Xalq uyi”ni rekonstruksiya qilish uchun ketdi”, deydi u.

Tramp, shuningdek, Oq uyda u asos solinganidan beri misli ko‘rilmagan darajada keng ko‘lamli yangilanish va obodonlashtirish ishlari olib borilayotganini aytdi.

Ma’lum qilinishicha, bu so‘zlar Oq uydagi yangi bal uchun zal qurilishi haqida ham bo‘lishi mumkin. Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda Trampning Oq uy tomida yurgani va Prezident qarorgohini qayta qurish bo‘yicha ehtimoliy variantlarni ko‘zdan kechirayotgani aks etgan video tarqaldi. O‘shanda xususiy homiylar Oq uyda taxminan 200 million dollarlik yangi zal qurilishini moliyalashtirishi rejalashtirilayotgani haqida xabarlar chiqdi.

AQSH Prezidentining matbuot kotibi Kerolayn Livittning aytishicha, zal qurilishi joriy yilning sentyabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan va bu ish Trampning vakolat muddati tugashidan ancha oldin yakunlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh maosh Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing