Tramp ma’muriyati butun dunyo bo‘ylab viza uchrashuvlarini to‘xtatdi
Olam
−
09:27 450 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati immigratsiyaga qarshi keskin siyosatni kuchaytirayotgan bir paytda butun dunyo bo‘ylab viza talabgorlari uchun uchrashuvlarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
AQSH Davlat departamentining ma’lum qilishicha, dunyodagi barcha AQSH elchixonalari va konsulliklarida global o‘quv dasturi boshlangan. Shu sababli viza olish bo‘yicha belgilangan uchrashuvlar qayta rejalashtiriladi.
Qayd etilishicha, treningning aniq muddati va tafsilotlari ochiqlanmagan. O‘quv dasturi konsullik xodimlariga AQSH davlat yordamlariga qaram bo‘lishi mumkin bo‘lgan talabgorlarni aniqlash hamda viza arizalarini “har tomonlama va izchil” baholashga yordam berishi aytilgan.
Avvalroq, Tramp ma’muriyati viza va yashil kartalarni bekor qilish, shuningdek, turli sabablarga ko‘ra arizalarni rad etishni o‘z ichiga olgan immigratsiyaga qarshi choralarni kuchaytirgandi. Biroq, AQSH federal sudi Prezident Donald Tramp ma’muriyatining O‘zbekiston ham kirgan 75 davlat fuqarolariga immigrant vizalarini berishni to‘xtatib qo‘ygan siyosatini noqonuniy deb topib, bekor qilgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH joriy yil 3 avgustdan boshlab 50 mamlakat fuqarolaridan sayyohlik va biznes-vizalariga ariza topshirishda doimiy asosda 20 ming dollargacha garov undirishni boshlagan edi.
Live
Barchasi