Tramp kuyovini Yaqin Sharqqa yuboryapti
Olam
−
23 avgust 2020 10269 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Trampning kuyovi va katta maslahatchisi Jared Kushner sentyabr oyining boshlarida arab davlatlarini Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga ishontirish uchun Yaqin Sharqqa safarini boshlaydi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, Kushner va boshqa bir qator rasmiylar Bahrayn, Ummon va Saudiya Arabistoniga tashrif buyurishadi. Ular mamlakatlar Birlashgan Arab Amirliklari va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish uchun kelishuvga qo‘shilishlariga umid qilishmoqda.
AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo esa ertaga, 24 avgust kuni Isroilga, 25 avgust kuni Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) jo‘nab ketadi.
Muzokaralar mavzusi yahudiy davlati va BAA o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘ladi. Bundan tashqari, tomonlar vakillari Eron va Xitoyni muhokama qilishadi.
AQSH Prezidenti Donald Tramp 13 avgust kuni Isroil va BAA ikki tomonlama munosabatlarni to‘liq normallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. Kelishuvlarga ko‘ra, Isroil Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi yahudiy aholi punktlariga o‘z suverenitetini kengaytirishni to‘xtatib qo‘yadi, bu esa Amerikaning Falastin-Isroil mojarosini hal qilish rejasida nazarda tutilgan.
Avvalroq, Tel-Aviv Bahrayn va Ummonni munosabatlarni normallashtirishga chaqirdi. Bahrayn ham, Ummon ham BAAning Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha ilgari imzolagan bitimini yuqori baholadilar, ammo BAAdan o‘rnak olish rejalari haqida hech qanday bayonot berilmadi.
Live
Barchasi