Tramp koronavirusdan halok bo‘lganlar xotirasi qay tarzda yod olinishini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp yangi turdagi koronavirusga qarshi kurashayotganlar va u tufayli olamdan o‘tganlarning xotirasiga bag‘ishlab  mamlakat harbiy samolyotlarining ko‘rgazmali parvozi bo‘lishini e’lon qildi. Davlat rahbari bu haqda “Oq uy” translyatsiya qilgan matbuot anjumanida aytdi.

Kelgusi haftalarda AQSHning yirik shaharlari bo‘ylab namoyish parvozlari bo‘lib o‘tadi. Unda Qo‘shma Shtatlar harbiy-dengiz kuchlarining “Moviy farishtalar” havo kuchlarining samolyotlari ishtirok etadi.

Bundan tashqari, Tramp amerikaliklarga 4 iyul kuni Mustaqillik kunini an’anaviy ravishda nishonlashni va’da qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirusga 848 994 nafar odam chalindi. 84 050 bemor shifo topgan bo‘lsa, 47 676 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing