Tramp Kirkning dafn marosimida nutq so‘zlaydi
Olam
−
20 Sentabr 3596 1 daqiqa
Ertaga, 21 sentyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp, vitse-prezident Jey Di Vens, Vakillar palatasi spikeri Mayk Jons va federal vazirlar o‘ldirilgan siyosatchi Charli Kirkning dafn marosimida nutq so‘zlaydi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt “Fox News” efirida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, marhumni xotirlash marosimi uchun Arizonaga AQSH ma’muriyati xodimlari bilan to‘la ikkita samolyot yo‘l oladi.
“Prezident, vitse-prezident, Vakillar palatasi spikeri va hukumat vazirlari uning Arizonadagi xotira marosimida nutq so‘zlaydi”, deydi Livitt.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 sentyabr kuni AQSHning Yuta shtatidagi universitet kampusida konservativ faollardan biri bo‘lgan Charli Kirkka suiqasd uyushtirilgan edi. Unga 180 metr uzoqlikda miltiqdan o‘q uzilgan va o‘q uning bo‘yniga tekkandi. Kirk shoshilinch ravishda shifoxonaga yetkazilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Oradan bir necha kun o‘tib, politsiya 22 yoshli talaba Tayler Robinsonni qo‘lga oldi. Uni sobiq politsiyachi otasi fosh qilgan. Surishtiruv ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchining Kirk siyosiy qarashlarini rad etishi bilan bog‘liq motivlari bo‘lgan.
Live
Barchasi