Tramp Kim bilan yaxshi munosabatdaligini aytib, maqtandi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp KXDR rahbari Kim Chen In bilan yaxshi munosabatda ekanini aytib maqtandi. Bu haqda u o‘ziga tegishli Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

“Ushbu konkret suratdagi do‘stona bo‘lmagan qiyofaga qaramay, ikkalamiz tabassum qilib tushgan juda ko‘p suratlarimiz bor. Kim Chen In va men juda yaxshi chiqishamiz”, deb yozgan Tramp.

Shu orqali u postga KXDR yetakchisi bilan tushgan suratini ilova qildi. Tramp uni bunday bayonot berishga nima undaganiga aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, 1945 yil 15 avgust Koreya hududining Yaponiya okkupatsiya qo‘shinlaridan ozod qilingan kuni hisoblanadi va shu kungacha ham KXDRda, ham Koreya Respublikasida milliy bayram sifatida nishonlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya AQSHning Yaponiyadagi harbiy qo‘mondonligi kengaytirilayotganini tanqid qilib, Koreya yarimorolida qurolli to‘qnashuv yuz berishi endi ehtimol emas, balki vaqt masalasi ekanini bildirgandi.

Bu bayonot AQSH Qurolli kuchlarining Yaponiyadagi qo‘mondoni general-leytenant Stiven Jostning “Asahi” gazetasiga bergan intervyusidan keyin yangragan. Uning aytishicha, qo‘mondonlikning bosh shtabidagi shaxsiy tarkib so‘nggi bir yilda 215 nafarga ko‘paytirilib, qo‘mondonlik vazifalarini kuchaytirish va AQSH ittifoqchilari bilan muvofiqlashuvni yaxshilash maqsad qilingan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing