Tramp xorijliklarga ishchi viza berishni to‘xtatish haqida farmon chiqardi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp 2020 yilning oxirigacha chet ellik mutaxassislar va ularning oilalariga, shuningdek, mavsumiy ishchilarga mehnat vizalarini berish to‘g‘risida farmon chiqardi. Oq uydagilarning fikriga ko‘ra, Tramp tomonidan imzolangan ushbu hujjat amerikaliklarning ish bilan bandligini ustuvorligini ta’minlashga imkon beradi, deb yozmoqda “Reuters” agentligi.

AQSH Prezidentining farmoni H-1B, H-2B, H-4, L-1  va ba’zi J-1vizalariga nisbatan qo‘llaniladi. H-1B vizalari ‒ bu asosan texnologiya sohasidagi malakali odamlar uchun ishlash uchun ruxsatnomalaridir. H-4 vizalari H-1B viza egalarining turmush o‘rtoqlariga beriladi. J-1 vizalari fan vakillariga beriladi. L-1 vizalari esa AQSHga ko‘chib o‘tishdan oldin xuddi shu kompaniyada ishlayotgan top-menejerlarga kerak bo‘ladi. H-2B vizalari mavsumiy ishchilar uchun qo‘llaniladi. Tramp ma’muriyatining yuqori martabali mulozimiga ko‘ra, ko‘rilayotgan choralar amerikaliklar uchun "50 ming ish joyini bo‘shatadi".

Tramp tomonidan imzolangan farmonda aytilishicha, " COVID-19 avjiga chiqqan iqtisodiy inqirozning o‘ta og‘ir sharoitlarida" ro‘yxatga olingan viza dasturlari "amerikalik ishchilarni ish bilan ta’minlashda g‘ayritabiiy tahdid tug‘diradi". Cheklovlar uzoqroq muddatga uzaytirilishi mumkin. Biroq, shu o‘rinda aytish kerakki, ular AQSHda ishlayotganlarga taalluqli emas.

AQSH Prezidentining ma’muriyati, shuningdek, H-1B viza dasturini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Shunda dasturda mavjud bo‘lgan 85 000 ta viza, har yili mavjud bo‘lgan lotereya tizimiga emas, balki eng yuqori haq to‘lanadigan arizachilarga yuboriladi va chet ellik ishchilarni o‘qitish uchun H-1B viza dasturidan foydalanishni cheklaydi. Cheklovlar mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishchilari, koronavirus tadqiqotchilari va COVID-19 bemorlarni parvarish qilish bo‘yicha mutaxassislarga taalluqli emas.


Maqola muallifi

Teglar

viza Tramp

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing