Tramp xorij kinosiga ham boj joriy qildi

Olam

image
Tramp bojxona to‘lovlarini joriy etishni to‘xtatdi north_east

Tramp bojxona to‘lovlarini joriy etishni to‘xtatdi

AQSH Prezidenti Donald Tramp xorijiy kinofilmlar importiga 100 foizlik bojxona to‘lovlari joriy etilishini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. 

Tramp chet el kinolarini “milliy xavfsizlikka tahdid” deb atagan va bu chora Amerika kino sanoatini himoya qilish maqsadida ko‘rilayotganini bildirgan.

“Amerika kino sanoati jadallik bilan yo‘q bo‘lib ketmoqda. Boshqa mamlakatlar bizning rejissyorlarimiz va studiyalarimizni imtiyozlar bilan o‘ziga jalb qilmoqda. Gollivud va AQSHning boshqa yo‘nalishlari bankrot bo‘ladi. Bu xavfsizlik uchun xavf tug‘diradigan va propagandani tarqatadigan rejalashtirilgan hujum”, deb yozdi Tramp.

U Savdo vazirligi hamda AQSH savdo vakiliga xorijiy filmlar uchun bojlarni joriy etish jarayoni bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qilgan.

“Biz boshqalarning hikoyalari bizning qadriyatlarimizga putur yetkazishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, deya qo‘shimcha qilgan AQSH Prezidenti.

Trampning tariflari

Joriy yilning 2 aprel kuni Tramp 185 davlatga nisbatan bojlar joriy etilishini ma’lum qilgandi. Tariflar 10 foizdan 50 foizgacha bo‘lgan. AQSH boj joriy qilgan davlatlar ro‘yxatiga O‘zbekiston ham kiritilgan.

9 aprel kuni Tramp taxminan 60 ta davlatdan import qilinadigan mahsulotlarga nisbatan bojlarni 90 kunga kechiktirishini bildirgan. Shuningdek, Xitoydan tashqari barcha davlatlarga 10 foizlik ֧“bazaviy” boj va ilgari joriy etilgan 25 foizlik avtomobil, po‘lat va alyuminiy uchun tariflar amal qiladi. Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga nisbatan boj 145 foiz etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Senati Rossiyadan neft, gaz, uran va boshqa tabiiy resurslarni sotib olayotgan davlatlar uchun 500 foizlik import bojlari joriy etilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qullagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp boj xorijiy kinofil'm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing