Tramp bojxona to‘lovlarini joriy etishni to‘xtatdi
Olam
−
21 aprel 2025 6016 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp bojxona to‘lovlarini joriy etish bo‘yicha rejasini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Tramp bu qarorga AQSH Moliya vaziri Skott Bessent va Savdo vaziri Govard Lyutnik bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng kelgan. Ular Prezidentni keskin tarif siyosatini vaqtincha to‘xtatishga ko‘ndirishga harakat qilgan, biroq Trampning savdo bo‘yicha maslahatchisi Piter Navarro bojlarning saqlab qolinishi tarafdori bo‘lgan.
Shuningdek, Trampning yaqin maslahatchisi Piter Navarro Prezidentning Bessent va Lyutnik bilan uchrashganidan bexabar qolgan.
Muzokaralardan so‘ng Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ayrim bojlar amalini to‘xtatishga qaror qilganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2 aprelda Tramp tomonidan joriy etilgan yangi bojlar kuchga kirgach, AQSH fond bozorlari keskin qulagan va bu holat Oq uyning jiddiy xavotiriga sabab bo‘lgan edi.
9 aprel kuni Tramp taxminan 60 ta davlatdan import qilinadigan mahsulotlarga nisbatan bojlarni 90 kunga kechiktirishini bildirgan. Shuningdek, Xitoydan tashqari barcha davlatlarga 10 foizlik “bazaviy” boj va ilgari joriy etilgan 25 foizlik avtomobil, po‘lat va alyuminiy uchun tariflar amal qiladi.
Shu bilan birga, Tramp Xitoyga nisbatan savdo urushini davom ettirmoqchi: Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga nisbatan boj 145 foiz etib belgilangan.
Live
Barchasi