Tramp Xitoy, Rossiya va KXDRning AQSHga dushman bo‘lmasligi shartini aytdi

Olam

image

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Rossiya Federatsiyasi, Xitoy hamda Shimoliy Koreyaning Qo‘shma Shtatlarga dushman bo‘lmaslik shartini e’lon qildi. Bu haqda u Virjiniya shtatidagi tarafdorlari bilan uchrashuvida so‘z ochdi.

Trampga ko‘ra, ushbu mamlakatlar bilan do‘stona munosabat o‘rnatilishi hamda dushmanlik kayfiyatidan voz kechilishi uchun Oq uyning boshida “aqlli prezident” turishi kerak. Bu gaplari orqali respublikachi o‘zining nomzodiga shama qilgan.

“Bizning tashqi dushmanlarimiz bor. Bular Xitoy, Rossiya, Shimoliy Koreya davlatlari. Ammo, aslida, agar sizda aqlli prezident bo‘lsa, ular sizga dushman bo‘lmaydi. Siz shunchaki ular bilan til topishib ketasiz”, degan Tramp.

Trampning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlarning eng ashaddiy dushmanlari mamlakat tashqarisida emas, balki mamlakat ichidadir. U o‘zining siyosiy boshqaruvi paytida AQSH boshqa mamlakatlar hurmatiga sazovor bo‘lganiga va hech qanday muammoga duch kelmaganini bildirgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 27 iyun kuni Jorjiya shtatining Atlanta shahridagi SNN telekanalida AQSHda prezidentlik saylovlari oldidan ilk teledebat bo‘lib o‘tgandi. SNN tahliliga ko‘ra, Tramp bu teledebatda 30 dan ortiq yolg‘on da’volar bilan chiqqan. Uning ko‘plab so‘zlari joriy prezidentlik kampaniyasi paytida yoki undan oldin allaqachon rad etilgan da’volarni o‘z ichiga olgan. O‘z o‘rnida, Bayden ham bahs davomida 9 ta yolg‘on ma’lumotlarni taqdim qilgan. Lekin bu Tramp bilan solishtirganda ancha kam.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bayden yosh bo‘lmasa ham prezidentlik vazifasini bajara olishini bildirdi. Shuningdek, AQSH vitse-prezidenti Kamola Harris demokratlarning saylovoldi birinchi bahsidan keyin Oq uy rahbari Jo Baydenning yomon ishlashi haqidagi xavotirlarini yo‘q qilishga uringani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Xitoy Shimoliy Koreya aqlli prezident

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing