Tramp Kanada AQSHga qo‘shilsa, soliqlarni 60 foizga kamaytirishni va’da qildi

Olam

image

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoga qo‘ng‘iroq qilib, agar Kanada hududlari AQSHning 51-shtatiga aylansa, kanadaliklar uchun soliqlar 60 foizdan ko‘proqqa kamaytirishini aytdi. Bu haqda Tramp Truth Social tarmog‘ida yozgan.

Uning ma’lum qilishicha, Kanada fuqarolarining soliqlari juda yuqori, ammo Kanada 51-shtat bo‘lsa, ularning soliqlari 60% dan ko‘proq qisqartiriladi, bizneslari ikki baravar ko‘payadi va ular dunyoning boshqa davlatlaridan ko‘ra kuchliroq himoyalanadi.

“Xuddi shu narsa Amerika Qo‘shma Shtatlari milliy xavfsizligi uchun zarur bo‘lgan Grenlandiya xalqiga ham tegishli!” deya qo‘shimcha qilgan Tramp.

Bundan tashqari, AQSHning saylangan prezidenti Panama kanalini boshqarayotgan Xitoy askarlarini Rojdestvo bayrami bilan tabriklagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Meksika va Kanada mamlakatdan subsidiya olishni davom ettirishni istasa, AQSH shtatiga aylanishini taklif qilgan edi. Keyin esa Tramp bu taklifni Grenlandiya oroliga ham bergan, lekin orol Bosh vaziri Mute Egede Trampning orolga egalik qilishi haqidagi so‘zlariga javoban Grenlandiya sotilmasligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Kanada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing