Tramp Qrim ustidan Rossiya nazoratini tan olishni ko‘rib chiqmoqda — OAV
Olam
−
18 mart
2806AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda o‘zining ikki manbasiga tayanib “Semafor” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu qadam Ukrainada jangovar harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi bo‘lajak tinchlik bitimining bir qismi bo‘lishi mumkin. Nashr suhbatdoshlarining aytishicha, Tramp ma’muriyati Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olish masalasida BMTga murojaat qilish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
“Tramp hozircha rasman hech qanday qaror qabul qilmagan. Qrim bo‘yicha muhokama qilinayotgan variantlar urushni tugatish uchun ko‘rib chiqilayotgan bir necha imkoniyatlardan biri, xolos. Oq uy bu borada izoh berishdan bosh tortdi”, deyiladi xabarda.
Nashrga ko‘ra, yuqoridagi xabar chop etilgandan so‘ng mamlakat Milliy xavfsizlik kengashi vakili Brayan Xyuz ma’muriyat bunday majburiyatlarni olmagani va bu kelishuvni ommaviy axborot vositalari orqali muhokama qilinmasligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp bugun, 18 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkaziladigan telefon muloqotida hududiy masalalarni muhokama qilmoqchi ekanini ta’kidlagandi. Kecha, 17 mart kuni esa Oq uy AQSH Ukraina bilan “tinchlik o‘rnatilganidan keyin chegara qayerdan o‘tishini” muhokama qilayotganini bildirgan.
LiveBarchasi