Tramp Qozog‘istonga tashrifni istisno qilmadi
Olam
−
07 noyabr 4678 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp kelajakda Qozog‘istonga tashrif buyurishi mumkinligini inkor etmadi. Bu haqda Oq uy rahbari kecha, 6 noyabr kuni C5+1 sammiti chog‘ida jurnalistlar savoliga javoban aytib o‘tdi.
“Qozog‘iston va AQSH aviatsiya, minerallar va raqamli texnologiyalar sohalarida 17 milliard dollardan ortiq qiymatdagi yangi kelishuvlarni imzoladi. Sizning fikringizcha, ushbu hamkorlikning qaysi sohasi eng muhim? Ikkinchi savol. Prezident Tramp, qachon siz AQSH Prezidenti sifatida birinchi bo‘lib Qozog‘istonga tashrif buyurganingizni e’lon qilishimiz mumkin? Qachon siz bizning mehmonimiz bo‘lasiz?”, deya so‘ragan qozog‘istonlik jurnalist Trampdan.
Amerikalik yetakchi bunday imkoniyatni istisno qilmasligini bildirgan.
“Men bunday imkoniyatni istisno qilmayman. Men barcha sohalar juda muhim deb hisoblayman. Bir yil ichida nima bo‘lishini hech qachon bilmaymiz. Mamlakatingizda katta tabiiy resurslar mavjud va sizning Prezidetingiz juda ajoyib”, degan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, bu Trampning Qozog‘istonga borishi haqida birinchi marta so‘z ochishi emas. Joriy yilning 7 avgust kuni Oq uyda jurnalistlar savoliga javoban ham Tramp Qozog‘istonga tashrif buyurishi ehtimoli borligini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi