Tramp qizi Ivanka vitse-prezident bo‘lishini xohlaganmi? 

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp 2016 yilgi saylovlarda qizi Ivanka nomzodini vitse-prezidentlik lavozimiga ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. AQSHda shunday mish-mishlar tarqaldi. Bunday gap chiqarganlarni esa Tramp “kasallar” deb aytdi. 

"Soxta yangiliklar tarqatuvchi CNN telekanali 2016 yilgi saylovlarda qizim Ivanka nomzodini vitse-prezidentlik lavozimiga qo‘yilishini xohlaganimni aytmoqda. Bu noto‘g‘ri va bema’ni fikr. U odamlar kasal", deb yozgan Tramp Twitter'da.

AQSH OAViga ko‘ra, bu haqida Trampning sobiq saylov kampaniyasi menejeri Rik Geytsning hali nashr etilmagan kitobida ham aytilgan. 

13 oktyabrda chop etiladigan kitob muallifining so‘zlariga ko‘ra, bunday taklifdan Ivankaning o‘zi hayratga tushgan. Lekin, prezidentlikka nomzod Tramp bir necha hafta davomida fikrida qat’iy turgan. Bu uning niyati jiddiyligini ko‘rsatgan. Bosh shtab, hattoki saylovchilarning Ivankaga vitse-prezident sifatida qanday qarashlarini o‘rganish uchun ikkita so‘rovnoma o‘tkazgan. Natija "nihoyatda yuqori bo‘lmagan bo‘lsa-da, kutilganidan yaxshi bo‘lgan", deyilgan kitobda.

Bunga go‘yoki Ivankaning o‘zi nuqta qo‘ygan. U otasining oldiga borib, "bu yaxshi fikr emas", deb aytgan. Shundan so‘ng Tramp tashabbusidan voz kechgan. 

Natijada, o‘sha paytdagi Indiana shtati gubernatori Mayk Pens vitse-prezident etib saylangan. U hozir mamlakatda ikkinchi o‘rinda turuvchi rahbar hisoblanadi. 2020 yilgi saylovlarda uning ham nomzodi qayta ko‘rsatilgan.

AQSHdagi saylovlar tobora yaqinlashib kelmoqda. 

Ma’lumot uchun, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari 3 noyabr kuni o‘tkaziladi. Respublikachi Trampga demokrat Bayden raqiblik qiladi. Vitse-prezidentlik uchun Maykl Pens va Kamola Xarris bellashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing