Tramp ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlari “muzlatilganidan” xafa emas

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Oq uydan ketganidan keyin ijtimoiy tarmoqlarsiz o‘zini yaxshi his qilyapti. Bu haqda sobiq rahbarning katta maslahatchisi Jeyson Miller ma’lumot bergan. 

"Prezident ketganidan so‘ng juda yaxshi kayfiyatda edi, u yerda oilasi bilan juda yoqimli daqiqalar bo‘lgan. Ko‘p yillar davomida birinchi marta Prezidentni zaif holatda ko‘rdim", degan Miller. 

Ta’kidlanishicha, Tramp qarindoshlari va oila a’zolari bilan birga Floridaga uchgan samolyotda Miller ham bo‘lgan. 

"Prezident har qachongidan ham baxtli ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lmaslik yaxshi", deya ta’kidlagan Miller. 

Ma’lumot o‘rnida, 6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish uyushtirib, Kongress binosiga bostirib kirdi. Kapitoliyga hujum fonida Trampga ikkinchi impichment e’lon qilindi. Shundan so‘ng, bir qator messenjerlar ham Trampning akkauntlarini blokladi. 

AQSH Senati Trampga nisbatan impichmentni ko‘rib chiqishni bugun, 8 fevraldan boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing