Tramp Isroil va ba’zi davlatlarga bojlarni kamaytirmoqchi
Olam
−
05 aprel
3567AQSH Prezidenti Donald Tramp Vetnam, Isroil va Hindiston bilan bojlarni kamaytirishga imkon beradigan savdo kelishuvlari bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda CNN muzokaralar jarayonidan xabardor manbaga tayanib xabar berdi.
Trampning joriy qilgan tariflarida Isroilga nisbatan 17 foiz, Vetnam uchun boj miqdori 46 foiz, Hindiston uchun 26 foiz etib belgilagandi.
“Axios” nashrining yozishicha, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 7 aprel kuni Oq uyga tashrifi chog‘ida Tramp bilan bojlarni shaxsan muhokama qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp boshqa mamlakatlar tovarlariga boj joriy etishini ma’lum qildi. Prezidentning ta’kidlashicha, “o‘n yilliklar” davomida AQSH boshqa davlatlar bilan savdo to‘siqlarini kamaytirgan, bu davlatlar esa “AQSH mahsulotlariga ulkan bojlar o‘rnatgan”.
Ba’zi davlatlar allaqachon Amerika bojlariga javob choralarini e’lon qilgan. Masalan, Tramp 54 foizlik boj joriy etgan Xitoy 10 apreldan boshlab AQSHdan import qilinadigan barcha tovarlarga 34 foizlik qo‘shimcha bojlar joriy etayotganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi