Tramp inauguratsiyasidan so‘ng AQSHda migrantlarga qarshi reyd boshlanadi
Olam
−
18 yanvar
204920 yanvar kuni AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp inauguratsiya marosimidan so‘ng, noqonuniy muhojirlarga qarshi ommaviy reyd tadbirlarinini boshlaydi. Bu haqda WSJ xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu reydlar Amerika Qo‘shma Shtatlarining Chikago shtatidan boshlanadi.
“Keluvchi ma’muriyat Chikagoda katta reyd o‘tkazishni rejalashtirmoqda”, deyiladi xabarda.
Nashrga ko‘ra, reyd Tramp inauguratsiyasidan keyingi kun boshlanadi va bir hafta davom etishi rejalashtirilgan. Shuningdek, tadbirda ikki yuz nafargacha huquq-tartibot xodimlari ishtirok etishi ham qo‘shimcha qilingan.
“Ularning nishoni birinchi navbatda jinoiy o‘tmishi bor noqonuniy muhojirlar bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Chikagodan keyin Nyu-York, Los-Anjeles (Kaliforniya), Denver (Kolorado) va Mayami (Florida) shaharlarida ham muhojirlarga qarshi reydlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp inauguratsiya kuniga qadar 100 dan ortiq farmon tayyorlayotgani va ularni Oq uyga kelishi bilan darhol imzolashni rejalashtirgani haqida xabar berilgandi. Farmonlar xavfsizlikni ta’minlash, migrantlarni deportatsiya qilish va Tramp tomonidan ilgari ko‘rsatilgan boshqa siyosiy ustuvorliklarga bag‘ishlangan.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar