Tramp inauguratsiya uchun rekord miqdorda pul yig‘di

Olam

image

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bugun, 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan inauguratsiya marosimi uchun rekord miqdorda – 250 million dollar pul yig‘di. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib, ABC telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mablag‘lar Tramp va vitse-prezident Jeyms Devid Vensning inauguratsiya qo‘mitasi hamda boshqa yirik tashkilotlar tomonidan marosim tadbirlarini o‘tkazish uchun to‘plangan. Solishtirish uchun, 2017 yilda respublikachining avvalgi inauguratsiyasi uchun atigi 107 million dollar yig‘ilgan edi.

Telekanalning xabar berishicha, respublikachining inauguratsiyasini yirik texnologiya kompaniyalari moliyalashtiradi va ularning rahbarlari bugun, 20 yanvar kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan tadbirda qatnashadi. Ular orasida Meta, Apple, Amazon, Google, Microsoft, OpenAI va Uber bor. Shuningdek, kriptovalyuta sanoatining yirik o‘yinchilari tomonidan ham mablag‘ ajratilgani ma’lum qilindi – Ripple 5 million dollar, Robinhood 2 million dollar, Coinbase esa 1 million dollar qo‘shgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp inauguratsiya marosimini sovuq ob-havo tufayli Kapitoliy ichkarisiga ko‘chirgandi. Meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 20 yanvar kuni Vashingtonda havo harorati kunduzi -5°S, kechasi esa -12°S gacha tushishi kutilmoqda. Respublikachining fikricha, bu minglab favqulodda vaziyatlar xodimlari va marosim tomoshabinlari uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Shu tariqa 1986 yildan beri ilk bor AQSHda inauguratsiya marosimi yopiq binoda o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp inauguratsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing