Tramp inauguratsiya kuniga qadar 100 dan ortiq farmon tayyorlamoqda
Olam
−
15:39
1643AQSHning saylangan Prezidenti Donald Tramp inauguratsiya kuniga qadar 100 dan ortiq farmon tayyorlamoqda va ularni Oq uyga kelishi bilan darhol imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Associated Press” (AP) xabar berdi.
Qayd etilishicha, farmonlar xavfsizlikni ta’minlash, migrantlarni deportatsiya qilish va Tramp tomonidan ilgari ko‘rsatilgan boshqa siyosiy ustuvorliklarga bag‘ishlangan. Ularning ko‘plari 20 yanvar kuni inauguratsiya kunida ishga tushishi kutilmoqda.
Saylangan prezidentning ittifoqchilari ham Tramp tezda imzolashi mumkin bo‘lgan farmonlar ro‘yxatini tayyorlagan. Ular AQSH va Meksika o‘rtasidagi chegarani yopishdan tortib, energiya sohasini rivojlantirish, federal ishchi kuchi siyosatini, maktablardagi gender siyosatini va majburiy emlashlar kabi masalalarni qamrab olgan. Shuningdek, bu farmonlar Trampning saylovoldi kampaniyasi davomida bergan boshqa va’dalari bilan ham bog‘liq.
AP xabariga ko‘ra, Tramp va uning jamoasining rejalari “zamonaviy dunyoda ilgari ko‘rilmagan zarba” bo‘lib, u Kongressni chetlab o‘tib, vakolatlarini amalga oshirishga tayyorlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 yanvar kuni AQSH prezidentligidan ketayotgan Jo Bayden xalqiga xayrlashuv murojaati bilan chiqish qilishi aytilgandi.
LiveBarchasi