Tramp Ilon Maskka katta intervyu bermoqchi
Olam
−
07 avgust
2989Oq uyning sobiq rahbari Donald Tramp SpaceX asoschisi, amerikalik tadbirkor Ilon Maskka katta intervyu berishini e’lon qildi. Bu haqda sobiq prezident Truth Social'dagi sahifasida ma’lum qildi.
AQSHda joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan saylovda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp 12 avgustda Tesla egasi Ilon Mask bilan katta intervyu o‘tkazilishini aytdi. Biroq u intervyu bo‘yicha batafsil tafsilotlarni keltirib o‘tmagan.
“Men dushanba kuni kechqurun Ilon Maskka intervyu beraman, batafsil ma’lumot keyinroq e’lon qilinadi”, deb yozgan Tramp.
Sobiq prezidentning Mask bilan rejalashtirilgan suhbati Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod va vitse-prezident Kamola Harris Minnesota gubernatori Tim Uolzni o‘ziga vitse-prezidentlikka nomzod sifatida tanlaganidan hamda Mask o‘zi yaratgan Trampni qo‘llab-quvvatlovchi siyosiy harakatlar qo‘mitasining tekshiruvlari oshkor etilishi ortidan keyin sodir bo‘ldi.
Joriy yilning iyul oyida milliarder Ilon Mask AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning saylovoldi kampaniyasiga xayriya qilgandi. O‘shanda tadbirkor Trampni qo‘llab-quvvatlovchi America PAC siyosiy faollik qo‘mitasiga pul o‘tkazgandi.
Tramp nomzodini qo‘llab-quvvatlayotgan America PAC amaliyotiga Shimoliy Karolina Bosh prokuraturasi va Michigan davlat kotibi ham e’tibor qaratmoqda.
Mask, shuningdek, X ijtimoiy media kompaniyasining egasi bo‘lib, ilgari kompaniya jamoatchilikka tegishli bo‘lganida Twitter nomi bilan tanilgan. 2021 yilning 6 yanvarida Kapitoliy binosiga qilingan uyushtirilgan g‘alayondan so‘ng Trampning profili taqiqlagunga qadar, sobiq prezident ko‘p yillar davomida Twitter'ning ashaddiy foydalanuvchisi edi. Mask Twitter'ni 44 milliard dollarga sotib olganidan keyin taqiq bekor qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp o‘ziga suiqasd uyushtirilgan shaharda miting o‘tkazmoqchiligi xabar qilingandi.
LiveBarchasi