Tramp ilk xorijiy safarida dafn marosimiga boradi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 21 aprel kuni vafot etgan Rim papasi Fransisk bilan vidolashuv marosimida ishtirok etadi. Bu haqda davlat rahbari Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Tramp 20 yanvarda boshlangan ikkinchi muddatining birinchi chet el safari doirasida dafn marosimida qatnashib, pontifik xotirasini shaxsan ulug‘lashini tasdiqladi.

Marosimda Prezidentga rafiqasi Melaniya Tramp hamrohlik qiladi.

“Melaniya va men Rimga, Papa Fransiskning dafn marosimiga boramiz. U yerda bo‘lishni intiqlik bilan kutyapmiz!” deb yozgan Tramp.

Biroq, uning “intiqlik bilan kutamiz” jumlasi  ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va Demokratik partiyaning ba’zi a’zolari tomonidan motam tadbiri kontekstida noo‘rin deb hisoblamoqda va tanqidlarga sabab bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rim papasi Fransiskning o‘limiga insult sabab bo‘lgani aytilgandi. Vatikan tomonidan e’lon qilingan o‘lim guvohnomasida qayd etilishicha, insult og‘ir va qaytarib bo‘lmaydigan yurak yetishmovchiligiga olib kelgan. Tibbiy xulosaga ko‘ra, Fransisk multimikrobiyal ikki tomonlama pnevmoniya, ko‘p bronxoektaziya, yuqori qon bosimi va II turdagi diabet tufayli kelib chiqqan o‘tkir nafas yetishmovchiligidan aziyat chekkan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Rim papasi Vatikan papa Frantsisk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing