Tramp ikkinchi marta saylanish uchun “g‘imirlash”ni boshladi

Olam

image

AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp seshanba kuni 2020 yilda mamlakatda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ikkinchi marta saylanish uchun kampaniyasining rasman boshlanganini ma’lum qildi.

“To‘rt yil avval aynan shu haftada prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyatida ekanligimni e’lon qilgan edim. 2016 yil tarixda muhim o‘zgarishlar davri bo‘ldi. Biz ikki yarim yil davomida hech kim qila olmagan ishlarni amalga oshirdik. Bugun esa, bu lavozimga qayta saylanish uchun o‘z saylov kompaniyamni boshlaganim haqida ma’lum qilish uchun sizning qarshingizda turibman”, deydi Tramp.

AQSH prezidenti ushbu ma’lumotni Florida shtatidagi Orlando shahrida tashkillashtirilgan marosimdagi nutqida bayon qildi.

Trampning saylov mitingi Amway Center’da bo‘lib o‘tdi va unda 20 mingdan ziyod odamlar ishtirok etishdi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp

Baholaganlar

32

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing