Tramp ikki yirik tashkilotni tark etmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSHni Jahon savdo tashkiloti (JST) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan (JSST) chiqarib yuborishi mumkinligi bilan tahdid qildi. Shu bilan birga, ushbu tashkilotlarni qayta moliyalashtirmaslikka qaror qilgan.

Tramp JSST va JST tashkilotlaridan norozi ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u hafta oxirigacha JSSTni moliyalashtirish masalasida qaror qabul qiladi.

"Sog‘liqni saqlash yoki tijorat sohasida hamma bizni aldadi. Agar ular bizga halol munosabat qilmasa, tashkilotlardan chiqib ketamiz. Men o‘yin o‘ynamayapman", deydi Amerika rahbari Oq uydagi brifingda.

Avvalroq, AQSH Prezidenti ikkala tashkilotni AQSH manfaatlariga zarar yetkazayotgani uchun tanqid qilgan edi. Xususan, Trampning so‘zlariga ko‘ra, JST Xitoyning AQSHga nisbatan "adolatsiz" savdo harakatlariga ko‘maklashdi. 

JSST esa "Xitoyga haddan tashqari e’tibor qaratdi", garchi u asosan AQSH tomonidan moliyalashtirilsa ham. Shu munosabat bilan Tramp Sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni qayta ko‘rib chiqishga va’da berdi.

 

Maqola muallifi

Teglar

AQSh JSST Donal'd Tramp Jahon savdo tashkiloti

Baholaganlar

481

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made