Tramp grin-kartalarga qo‘yilgan taqiqni uzaytirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp qator kategoriyadagi vizalar va aksariyat grin-kartlar uchun vaqtinchalik ta’qiqni uzaytirdi. Bu haqda “Fox News” telekanali xabar berdi.

Yangi qarorga ko‘ra, 2020 yilning aprelida kiritilgan va iyun oyida kengaytirilgan viza cheklovlari yana uch oyga – 2021 yilning 31 martiga qadar uzaytirilgan.

Bunda gap, xususan, H-1B, H-2B, H-4, L immigratsiya va ish vizalari hamda AQSHda ishlash huquqini beruvchi gap J kategoriyasidagi aksariyat hujjatlarning berilishi to‘xtatilishi haqida bormoqda.

Ushbu qarorga izoh berar ekan, Tramp, cheklovlar koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy tanazzul vaqtida ish joylari uchun raqobatning oldini olish uchun zarurligini aytgan.

“COVID-19ning amerika mehnat bozori va aholi salomatligiga ta’siri avvalgidek tashvishlantirmoqda”, deb yozgan Tramp o‘z bayonotida.

Tramp imzolagan qaror viza lotereyasi o‘tkazilishiga vaqtinchalik ta’qiqni saqlab qoladi. Hujjatga muvofiq, aksariyat kategoriyaga tushuvchi arizachilarga grin-karta berilishi vaqtincha ta’qiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

393

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing