Tramp Gitlerning yaxshi ishlari borligini aytdi

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp 2018 yilda Birinchi Jahon urushi tugaganining 100 yilligi munosabati bilan Yevropaga safari chog‘ida germaniyalik Fyurer Adolf Gitler faoliyatini yuqori baholadi. Bu haqda “The Guardian” yozmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu bayonot haqida jurnalist Maykl Benderning yangi kitobida so‘z boradi. Muallifning yozishicha, Tramp Gitler xayrli ishlar qilganini ta’kidlagan. Masalan, o‘tgan asrning 30-yillarida u Germaniya iqtisodiyotini ko‘targan. Oq uy sobiq rahbarining so‘zlari uning katta yordamchisi general Jon Kellini hayratda qoldirgan.

Tramp, o‘z navbatida, bunday gapni aytganini rad etmoqda. Biroq, manbalarning ta’kidlashicha, ular Trampning yordamchisi sobiq davlat rahbariga fashistlar yetakchisini har qanday shaklda maqtash noto‘g‘ri ekanini isbotlashga urinayotganiga guvoh bo‘lgan.

Avvalroq Tramp o‘zining “Trump Organization” va uning moliyaviy direktorini ta’qib qilishni “kommunistik diktatura” namoyishiga o‘xshatgan edi. Uning fikriga ko‘ra, demokratlar “qonunlarni buzib”, uni siyosiy raqiblariga qarshi qurol sifatida ishlatishmoqda. Bundan tashqari, sobiq Prezident Nyu-York shtati advokatlari “jodugarlar ovi” bilan shug‘ullanganini aytib, bu hodisani g‘azabli va uyatli, deb baholagan.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq AQSH Prezidenti Dold Tramp yahudiy hisoblanadi. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, Gitler Germaniyasi Ikkinchi jahon urushi yillarida 6 million yahudiyni qirib yuborgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya AQSh Tramp Gitler yahudiy

Baholaganlar

466

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing