Tramp Eronning yadro ob’ektlariga hujum qilishni rejalashtirgan – OAV

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp maslahatchilari bilan Eronning yadro ob’ektlariga hujum qilish masalasini muhokama qilgan. Bu haqda “The New York Times” gazetasi Oq uydagi rasmiy manbalarga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, ehtimoliy hujum muhokamasi o‘tgan hafta 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan. Bunga xalqaro inspektorlar Eronning yadroviy materiallari zaxirasi sezilarli oshgani haqida bergan axboroti sabab bo‘lgan.

Muhokamada vitse-prezident Maykl Pens, Davlat kotibi Maykl Pompeo, Pentagonning yangi rahbari Kristofer Miller va Bosh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbari Mark Milli qatnashgan.

Maslahatchilar Prezidentni Eronga hujum qilish fikridan qaytargan. Ular Tramp prezidentligining so‘nggi haftalarida keng ko‘lamli mojaro kelib chiqishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Gap Eron markazidagi Netenz shahri yaqinida joylashgan uranni to‘yintiruvchi zavod haqida borgan. Bu zavod Eron yadro dasturining eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi.

Kuni kecha Xalqaro atom enegriyasi agentligi (MAGATE) rasmiy Tehronning uran zaxirasi yadro kelishuviga ko‘ra belgilangan miqdordan 12 baravar ko‘p ekanini ma’lum qilgandi. AQSH kelishuvdan 2018 yilda chiqib ketgan.

Tramp maslahatchilaridan bu zarba qanday oqibatga olib kelishi mumkinligini so‘ragan. Pompeo va Milli bu mintaqada qurolli mojaro keltirib chiqarishi mumkinligini aytib, muhokamani tark etgan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Prezidentning xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari yadro ob’ektiga hujum qilish aqlbovar qilmas ish ekanini aytganiga qaramay, Tramp o‘z rejasini amalga oshirish yo‘llarini qidiryapti.

Aftidan, Tramp shu orqali AQSHning Eron bilan aloqalarini butkul boshi "berk ko‘chaga" olib borib, o‘zidan keyingi Prezident Jo Baydenga yaxshigina boshog‘riq qoldirmoqchi. Bayden Eron bilan ovora bo‘lib qolsa, u saylovoldi va’dalarini bajara olmay qolishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp AQSh-Eron

Baholaganlar

208

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing