Tramp Eronni taslim qilmoqchi – Aroqchi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Eron bilan yangi bitim tuzib, uni taslim bo‘lishga majburlash maqsadini ko‘zlamoqda. Bu haqda Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ma’lum qildi.

Aroqchining ta’kidlashicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron xalqiga bosim o‘tkazish niyatida.

“AQSH Prezidenti Eron xalqiga maksimal bosim o‘tkazish siyosatiga qaytdi. Eng qizig‘i shundaki, u Eronga misli ko‘rilmagan bosim o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzolash bilan bir vaqtda muzokaralarga tayyorligi haqida bayonot berdi, chunki uning maqsadi bizni chalg‘itishdir. Nega biz AQSH bilan bosim ostida muzokara olib borishimiz kerak? Bu bosim ostida qanday mantiqqa rozi bo‘lishimiz kerak?” degan u.

Aroqchining aytishicha, Eron hech qachon AQSHga yengilmaydi va kerak bo‘lsa, Trampning “bosim ostidagi” muzokaralarini ham qabul qilmaydi.

Shuningdek, Eron Tashqi ishlar vaziri hozirgi geosiyosiy manzarani aniq tushunish zarurligini ta’kidlagan.

“Xalqimizga qo‘yilgan adolatsiz sanksiyalar Eronning iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy to‘siq bo‘lmoqda”, degan Aroqchi.

Eslatib o‘tamiz, 7 fevral kuni Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Agar amerikaliklar Eronga tahdid qilsa, Eron ham ularga qarshi tahdid qilishini aytgandi. Xomanaiy Eron AQSH bilan hech qanday muzokara olib bormasligi kerakligini ta’kidlagan. Mamlakat oliy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Vashington Tehronni yadroviy kelishuv shartlarini bajarmay, uni bir tomonlama bekor qilib, bir marta aldagan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Donal'd Tramp Aroqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing