Tramp Eronni ogohlantirdi: Namoyishchilardan biror kishi o‘ldirilmasligi kerak

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Erondagi mavjud rejimni o‘zgartirish niyatida emas, ammo namoyishlar ortidan sinchkovlik bilan kuzatishda davom etadi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Donald Tramp Viskonsin shtatida qilgan chiqishi davomida gapirib o‘tgan. 

“Eronliklar ko‘p sonli bo‘lib ko‘chalarga chiqishdi. Ilgari bu holat kuzatilmagan edi. Ular mavjud tuzumga qarshi norozilik bildirishmoqda, yaxshi kelajakni talab qilishmoqda. Xalq hukumat o‘lim, zo‘ravonlik va urush urug‘ini sochish uchun mamlakatni talayotganini ko‘rishdan charchagan”, - degan Oq uy rahbari.  

“Men Eron hukumatini ogohlantiraman. Namoyishga chiqqan biror bir kishi o‘ldirilmasligi kerak. Butun dunyo kuzatib turibdi”, - deb ta’kidlagan Tramp. Uning fikriga ko‘ra, minglab namoyishchilar Eron hukumatining jabr-zulmi qurboniga aylangan. 

“Biz Eron xalqini va ozodlik uchun kurashini qo‘llab-quvvatlaymiz. Ajablanarli ishlar ro‘y bermoqda”, - deya qo‘shimcha qilgan Prezident.

Ma’lumot o‘rnida: Eronda 2019 yilning noyabr oyida benzin oshishiga qarshi yirik namoyishlar bo‘lib o‘tgandi. So‘nggi kunlarda esa, joriy yil 8 yanvarda Ukrainaning yo‘lovchi samolyoti urib tushirilgani bilan bog‘liq norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Eron Tramp

Baholaganlar

200

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing