Tramp Eronni qo‘llab-quvvatlagan davlatlarga tahdid qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga har qanday ko‘rinishda yordam beradigan davlatlar jiddiy iqtisodiy oqibatlarga duch kelishini bildirdi. Bu haqda u kecha, 19 avgust kuni ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida so‘z ochdi.

Tramp Eronga moliyaviy tashkilotlar, kompaniyalar, aeroportlar yoki davlat idoralari orqali “har qanday yordam” ko‘rsatgan mamlakatlarga “misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush va yakkalash” qo‘llanishini ta’kidlagan. U Vashington Eron bilan urushni yakunlash va Hormuz bo‘g‘ozi orqali neft tashishni tiklashga urinayotgan bir paytda mamlakatga nisbatan iqtisodiy bosimni kuchaytirishini aytib o‘tgan. 

Biroq AQSH Prezidenti qaysi davlatlarga nisbatan qanday choralar ko‘rilishini aniqlashtirmagan. Shu bilan birga, urush boshlanganidan beri Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyat jahon neft bozoriga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.

Trampning bayonoti Eron bilan muloqotlar taqdiri noaniq bo‘lib turgan paytga to‘g‘ri keldi. Eron rahbari maslahatchisi Muhammad Moxber mamlakat muzokaralarga ochiq ekanini, ammo muloqotni taslim bo‘lish bilan adashtirmaslik kerakligini aytgan. 

Xitoy Eron neftining asosiy xaridori hisoblanadi. Bunday sharoitda Vashingtonning Pekinga nisbatan qo‘shimcha iqtisodiy bosim o‘tkazishi ikki davlat o‘rtasida yangi keskinlikni keltirib chiqarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning davlatga qarashli telekanali efirida AQSH Prezidenti Donald Trampni o‘ldirish uchun mukofot puli yig‘ishga chaqiriq yangragandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing