Qudbiyev DSQ raisi o‘laroq tanishtirildi
Jamiyat
−
13 may 2020
12581O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatda karantin talablarini hushyorlikni oshirgan holda yanada yumshatish, iqtisodiyot tarmoqlarini bosqichma-bosqich ishlatish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Sherzod Qudbiyev Davlat soliq qo‘mitasining yangi raisi sifatida tanishtirilgan.
Sherzod Qudbiyev 2019 yil avgust oyi oxirida Prezidentning maslahatchisi etib tayinlangandi.
Qudbiyev 2007−2010-yillarda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (vazirlikning avvalgi nomlanishi)da turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. Shuningdek, 2012−2015-yillarda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazi direktori bo‘lgan.
2015 yildan 2018 yilning aprel oyigacha, ya’ni Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bo‘lguniga qadar Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritgan. 2019 yil avgustigacha esa Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil dekabr oyidan DSQ raisi lavozimida ishlab kelayotgan Behzod Musayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
LiveBarchasi