Tramp Eronga rejalashtirilgan hujumni yana kechiktirdi
Olam
−
19 may 1505 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga bugun, 19 may kuni rejalashtirilgan harbiy hujumni kechiktirganini ma’lum qildi. U bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Trampning aytishicha, hujumdan voz kechishni undan Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy, Saudiya Arabistoni Valiahdi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud hamda BAA Prezidenti shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon so‘ragan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda “jiddiy muzokaralar” ketmoqda. Tramp bu muzokaralar natijasida AQSH, Yaqin Sharq davlatlari va boshqa mamlakatlar uchun “maqbul kelishuv”ga erishilishini aytgan.
Shuningdek, u bo‘lajak kelishuv Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishini taqiqlashini ta’kidladi.
Biroq Tramp Pentagon rahbari Pit Hegset, Qurolli kuchlar shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Den Keyn hamda AQSH armiyasiga “agar kelishuvga erishilmasa, istalgan vaqtda Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumga tayyor turish” bo‘yicha topshiriq berilganini ham bildirgan.
“Reuters” agentligining yozishicha, bu vaqtgacha AQSH 19 may kuni Eronga zarba berishni rejalashtirgani haqida ochiq ma’lumot bermagan.
18 may kuni Eron TIV vakili Tehronning pozitsiyasi AQSHga Pokiston orqali yetkazilganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Eronga tinchlik muzokaralarini qayta boshlash uchun bajarilishi lozim bo‘lgan 5 ta talabdan iborat ro‘yxatni topshirgani haqida xabar berilgandi.
AQSH quyidagi shartlarni ilgari surgan:
- Vashington urush oqibatida yetkazilgan zarar uchun Eronga hech qanday kompensatsiya to‘lamaydi;
- Eron 400 kilogramm boyitilgan uranni mamlakatdan olib chiqib, AQSHga topshirishi kerak;
- Mamlakatda faqat bitta ishlayotgan yadroviy majmua qoldirilishi lozim;
- AQSH muzlatilgan Eron aktivlarining ko‘pi bilan 25 foizini ozod qiladi.
Live
Barchasi