Tramp Eronga hazil qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozini “Tramp bo‘g‘ozi” deb qayta nomlashni taklif qildi. Biroq bir necha soat o‘tib, AQSH rahbari bu gapini jiddiy aytmaganini bildirdi. Bu haqda u kecha, 2 sentyabr kuni o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi.

“Endi u AQSH nazoratida ekan, Hormuz bo‘g‘ozining nomini “Tramp bo‘g‘ozi”ga o‘zgartirsak-chi? Amerikaning o‘zi kabi, u ham har qachongidan “qizg‘inroq” bo‘ladi!” deb yozgan Tramp.

Shundan so‘ng Oq uy ijtimoiy tarmoqlarda Tramp taklif qilgan nom ko‘rsatilgan Fors ko‘rfazi xaritasini e’lon qilgan.

Tramp so‘nggi haftalarda Hormuz bo‘g‘oziga nisbatan AQSH suverenitetini o‘rnatish haqida bir necha bor gapirgan. U hatto bo‘g‘ozni “AQSHning yangi hududi” sifatida ko‘rsatgan xaritani ham e’lon qilgan.

Keyinroq Oval ofisida jurnalistlar Trampdan Hormuz bo‘g‘ozini qayta nomlash taklifiga jiddiy qarayyotgan-qaramayotganini so‘ragan.

“Bu shunchaki aytib qo‘yilgan gap edi”, deya javob bergan Prezident kulib.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozini AQSH hududi deb e’lon qilgan edi. Shuningdek, u Kanada bilan davom etayotgan savdo urushi fonida Ontario ko‘lining nomini “Amerika ko‘li” (Lake America) deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing