Tramp Erondan so‘zsiz taslim bo‘lishni talab qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar olib borishni istamasligini va mamlakat butunlay taslim bo‘lishini kutayotganini aytdi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

“Agar ular gaplashmoqchi bo‘lsalar, men bilan qanday bog‘lanishni bilishadi. Ular stol ustidagi kelishuvni qabul qilishlari kerak edi – bu ko‘p odamlarning hayotini saqlab qolgan bo‘lardi!” deydi Amerika yetakchisi.

Bungacha Amerika rahbari Eron havo hududi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilganini e’lon qilgan edi.

“Eronda yaxshi radarlar va boshqa mudofaa uskunalari bor hamda ular juda ko‘p edi, ammo bu Amerika Qo‘shma Shtatlarida ishlab chiqarilgan uskunalarga teng kelmas edi”, deb yozgan Tramp.

Tramp, shuningdek, AQSH Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning qayerda yashirinayotganini bilishini aytdi. U uni “oson nishon” deb atagan, ammo Ali Xomanaiy hozir xavfsiz ekanini qo‘shimcha qilgan.

“Biz uni yo‘q qilmoqchi emasmiz (o‘ldirmaymiz), hech bo‘lmaganda hozircha”, deb yozadi u.

Bundan tashqari, Tramp Eron yadro dasturi bilan bog‘liq vaziyatni hal qilish uchun Tehron yadroviy qurol yaratish qobiliyatidan butunlay voz kechishi kerakligini aytdi. U Eron yadro quroliga ega bo‘lishga “juda yaqin” ekanini bildirdi. Oq uy rahbari Eronning yadroviy dasturini AQSH aralashuvi zarur bo‘lishidan ancha oldin “yo‘q qilish” mumkinligiga umid bildirdi.

Trampning aytishicha, Isroil Eronga hujumlarini sekinlashtirmaydi.

“Bu haqda yaqin kunlarda bilib olasiz”, deydi u.

U, shuningdek, Eron bilan muzokaralar olib borish uchun AQSH maxsus elchisi Stiv Uitkoff yoki vitse-prezident Jeyms Devid Vensni yuborish ehtimolini ko‘tardi. U Tehronni mintaqadagi AQSH qo‘shinlariga zarba berishdan ogohlantirdi va agar hujumga uchrasa, qattiq javob berishni va’da qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilning mamlakatga qarshi operatsiyasi boshlanganidan bir necha soat o‘tib yerosti bunkeridan panoh topgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp yadroviy qurol Eron-Isroil Stiv Uitkoff Kapitulyatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing