Tramp dunyoning eng xavfli poytaxti nomini aytdi

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Vashingtonni dunyodagi eng xavfli poytaxt deb atadi. Bu haqda “Truth Social” yozmoqda.

"Vashington jinoyatga to‘la hududga aylandi. Bu hozir dunyodagi eng xavfli poytaxtdir", deydi Oq uyning sobiq egasi. 

Tramp prezident etib saylansa, shaharni “tozalash, ta’mirlash va qayta qurish”ga va’da berdi.

Avvalroq sobiq Prezident Amerikaning amaldagi rahbari Jo Bayden ma’muriyatini migratsiya siyosati uchun tanqid qilgan, buning natijasida Qo‘shma Shtatlar “axlatxona”ga aylanganini aytgandi. Siyosatchining ta’kidlashicha, Amerika shaharlari “uysizlar, giyohvandlar va zo‘ravon jinoyatchilarga to‘lib ketgan”.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda prezidentlik saylovlari 2024 yilda bo‘lib o‘tadi. Tramp 2022 yilning noyabrida prezidentlik uchun kurashga kirishishini e’lon qilgan edi.

Avvalroq, AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp agar u AQSH ma’muriyati rahbari bo‘lganida Falastin-Isroil mojarosining keskinlashuvi yuz bermasligini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Vashington

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing