Tramp bilan janjallashgan Zelenskiy Londonga jo‘nadi
Olam
−
01 mart
8926Bugun, 1 mart kuni erta tongdan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning samolyoti AQSHdan havoga ko‘tarildi va Buyuk Britaniya tomonga yo‘l oldi. Bu haqda Ukraina xalq deputati Yaroslav Jeleznyak ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Zelenskiyning samolyoti uch soat davomida uchishda davom etmoqda.
“Samolyot muhim diplomatik uchrashuvlar yoki muzokaralar bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan Londonga yo‘l oladi”, deyiladi xabarda.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, ushbu tashrif xalqaro xavfsizlik masalalarini muhokama qilish, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va global muammolar bo‘yicha ittifoqchilar o‘rtasida muvofiqlashtirishni o‘z ichiga oladi.
OAVga ko‘ra, Ukraina yetakchisining samolyoti tushgacha Angliya poytaxtiga qo‘nishi kutilmoqda.
Oq uydagi janjal
Kecha, 28 fevral kuni Vladimir Zelenskiy va Donald Tramp Oq uyda uchrashdi. Ikki lider AQSH va Ukraina o‘rtasida foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv imzolashi kutilgan edi. Biroq uchrashuv qizg‘in ohangda bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Tramp Zelenskiyni bir necha bor noshukurlikda ayblagan.
Uchrashuvdan so‘ng, Zelenskiy Amerikaga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi va “Ukrainaga adolatli va mustahkam tinchlik kerak va biz aynan shu maqsadda harakat qilyapmiz”, deb aytdi.
Ko‘plab yevropalik siyosatchilar, jumladan Emmanuel Makron Tramp bilan bo‘lgan janjaldan keyin Ukraina rahbarini qo‘llab-quvvatladi.
“Agressor – Rossiya. Agressiya qurboni esa Ukraina. Biz yordam berganlarga rahmat aytishimiz kerak, lekin boshidanoq kurashganlarni hurmat qilishimiz kerak”, degan Fransiya Prezidenti.
LiveBarchasi
Trenddagilar




