Tramp barchani Twitter va Facebook’dan chiqib ketishga chorlamoqda 

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Twitter’ni demokratiya uchun sharmandalik deb atadi. Bu haqda sobiq Prezidentning matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytiladi.  

Tramp koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun Vakillar palatasi a’zosi Marjori Teylor Grinning Twitter’dagi akkaunti bloklanishiga izoh bergan. 2021 yil 6 yanvarda Trampning tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirganidan so‘ng, uning o‘zi ham Twitter’da butunlay bloklangandi. 

“Twitter demokratiya uchun uyat. Marjori Teylor Grin ko‘plab halol, vatanparvar va mehnatsevar saylovchilarni ifodalaydi. Ular “past” Twitter va Facebook’dan bunday munosabatga loyiq emas. Hamma Twitter va Facebook’ni tark etishi kerak. Ular zerikarli. Ular bizning mamlakatimiz uchun uyat. Sen esa, Marjori, kurashda davom et!”, degan Tramp. 

Ma’lumot o‘rnida, Facebook ijtimoiy tarmog‘i ham 2021 yil 6 yanvardan keyin Trampni bloklagan, biroq kelajakda bu qarorni qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini saqlab qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp ijtimoiy tarmoq

Baholaganlar

182

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing