Tramp aytganini qildi: AQSH NATO bilan kelishdi
Olam
−
09 yanvar 2020
14016AQSH Prezident Donald Tramp NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergdan Yaqin Sharqda alyansning ishtirokini kengaytirishni so‘radi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Tramp va Stoltenberg telefondagi muzokaralar yakuniga ko‘ra, NATO Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish va terrorchilikka qarshi kurashda ishtirokini kuchaytirishga kelishiligan.
8 yanvar kuni kechasi Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi Iroqdagi amerika ob’ektlariga raketa zarbasi berdi. Rasmiy Tehron bu general Qosim Sulaymoniyning Bag‘dodda o‘ldirilishiga javob ekanini ta’kidladi.
Yaqin Sharqdagi so‘nggi hodisalardan keyin Donald Tramp xalqiga murojaat yo‘llab, Eronga qarshi urush bo‘lmasligini ma’lum qildi. Buning o‘rniga iqtisodiy sanksiyalarni kuchaytirish va NATOdan yordam so‘rashini aytgandi.
LiveBarchasi