Trampning “asr kelishuvi” qisqa satrlarda
Jamiyat
−
29 yanvar 2020
7841AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uy matbuot anjumanida “yuz yillik” bitimining tafsilotlarini ma’lum qildi.
AQSH Prezidenti Donald Trampning Isroil va Falastin haqidagi rejasida Falastin davlatida AQSH elchixonasini ochishni ko‘zda tutilgan.
"Asr kelishuvi" amalga oshishi bilan Falastinning maydonini ikki baravar ortishi va mamlakatda 1 millionga yaqin ish o‘rinlari yaratilishi kerak.
Falastinliklar Isroilga qarshi terrorni hamda HAMASni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi kerak. Trampning so‘zlariga ko‘ra, uning taklifi Falastinning to‘liq huquqli davlatni shakllantirish uchun so‘nggi imkoniyat.
Bundan tashqari, AQSH Isroilning Iordan daryosining g‘arbiy sohilida joylashgan aholi punktlarini tan olish niyatida. Vashington, shuningdek, yahudiy davlatining poytaxti ajralmas bo‘lishi kerakligiga rozi. Yaqin Sharqda yangi turar-joy rejasini amalga oshirish uchun boshqa davlatlar bilan ishlashga tayyor.