Tramp Alyaskada Putin uchun qulay takliflar beradi – “Telegraph” 

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp ertaga, 15 avgust kuni Ankorijda (Alyaska) bo‘lib o‘tadigan sammitda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Moskva uchun bir qancha qulay takliflar bilan chiqadi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib, “The Telegraph” xabar berdi.

Takliflar orasida Moskvaga Alyaskaning tabiiy resurslaridan foydalanish imkoniyatini berish va Rossiya aviatsiya sanoatiga nisbatan AQSH sanksiyalarini bekor qilish bor. Taxminlarga ko‘ra, Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni tezlashtirish uchun AQSH Rossiya bilan munosabatlarda qilishi mumkin bo‘lgan murosalar ro‘yxatini AQSH Moliya vaziri Skott Bessent Alyaskadagi uchrashuv oldidan AQSH Prezidenti ma’muriyati vakillari uchun brifingda taqdim etadi.

Tramp Rossiya Prezidentiga rus samolyotlariga xizmat ko‘rsatish va Alyaskadagi qimmatli tabiiy resurslardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar va uskunalarni eksport qilishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashni taklif qilishi mumkin.

“Alyaskada aniqlanmagan yirik neft va gaz zaxiralari mavjud, jumladan, jahon neft zahiralarining 13 foizi”, deb yozadi “The Telegraph” ekspertlar hisobiga tayanib.

Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar Putinga Ukrainadagi nodir yer minerallaridan foydalanishni ham taklif qilishi mumkin. Ukrainada akkumulyator ishlab chiqarishda foydalaniladigan dunyodagi litiy zahiralarining 10 foizi mavjud va ikkita eng yirik litiy konlari Rossiya nazoratidagi hududlarda joylashgan.

Nashrning Buyuk Britaniya hukumatidagi manbalari Rossiya uchun muhokama qilinayotgan imtiyozlar, agar ular dalda sifatida qabul qilinmasa, Yevropa uchun maqbul bo‘lishi mumkinligini aytdi. Oq uy vakilining nashrga aytishicha, Prezident Tramp Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish ustida ishlamoqda, biroq ma’muriyat dastlabki muhokamalarga izoh bermayapti.

Bahorda Qo‘shma Shtatlar va Ukraina yerosti boyliklari bo‘yicha uzoq vaqtdan beri muhokama qilingan kelishuvni imzoladi. Unga ko‘ra, Vashington Ukraina hududida nodir yer metallarining yangi loyihalariga imtiyozli kirish huquqini oldi. Bu kelishuv Ukrainani qayta tiklash uchun qo‘shma investitsiya fondini yaratishni o‘z ichiga oladi va ikkala tomonning rejasiga ko‘ra, Kiyev uchun o‘ziga xos xavfsizlik kafolati bo‘lishi kerak. Konlarning bir qismi esa Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarda joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing