Tramp AQSHda tug‘ilish orqali fuqarolik berishni taqiqladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatda tug‘ilish orqali fuqarolik olish amaliyotini cheklash va Amerika fuqaroligining qadrini himoya qilishga qaratilgan ikkita ijro farmonini imzoladi. Bu haqda Oq uy ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, farmonlardan biri AQSH hududida tug‘ilgan barcha bolalarga avtomatik fuqarolik berish tartibiga ayrim cheklovlar kiritishni ko‘zda tutadi. Ikkinchi farmon esa Davlat departamenti va Ichki xavfsizlik vazirligiga “tug‘uruq turizmi” deb ataluvchi amaliyotni to‘xtatish choralarini ko‘rishni topshiradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati bu qarorlar orqali Amerika fuqaroligi “chuqur huquq, imtiyoz va mas’uliyatlarni o‘z ichiga oluvchi bebaho maqom” ekanini ta’kidlamoqda.

Shuningdek, ma’muriyat immigratsiya tizimini isloh qilish doirasida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirganini bildirgan. Jumladan, Tramp prezidentlik lavozimiga qaytganidan keyin janubiy chegaradagi noqonuniy migratsiyani kamaytirishga qaratilgan qator qarorlar qabul qilingan.

Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati noqonuniy ravishda mamlakatda bo‘lgan 3 milliondan ortiq migrantni deportatsiya qilgan, shuningdek, ayrim davlatlardan viza olish jarayonlarini vaqtincha to‘xtatgan.

Bundan tashqari, ma’muriyat soxta yo‘l bilan fuqarolik olgan shaxslarga qarshi choralarni kuchaytirgani, fuqarolik testini qayta ko‘rib chiqqan va saylovchilar ro‘yxatini tekshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati mamlakat aeroportlarida viza muddati o‘tgan xorijliklarni ommaviy tarzda qo‘lga olishni boshlagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing