Tramp AQSH tarixidagi eng yirik migrantlar deportatsiyasini amalga oshirmoqchi

Olam

image

AQSH prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan Donald Tramp ommaviy deportatsiya haqidagi saylov oldi va’dasini bajarmoqchi. Bu haqda u kecha, 7 noyabr kuni NBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Haqiqatan ham bizda boshqa chora yo‘q”, dedi Tramp.

Shuningdek, u asosiy e’tiborini og‘ir jinoyatlar va giyohvandlikka aloqador jinoyatlar sodir etgan shaxslarni chiqarib yuborishga qaratishini bildirdi va AQSH tarixidagi eng katta deportatsiya chorasini amalga oshirish rejalarini ma’lum qildi.

“Odam o‘ldirganlar, jinoyat qilganlar, mamlakatlarni vayron qilgan giyohvandlar – endi ular o‘z davlatlariga qaytadi. Ular bu yerda qolmaydi”, dedi u.

Ma’lumot o‘rnida, Tramp uchun migratsiya siyosatini qat’iylashtirish saylovoldi kampaniyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan. U bir necha bor amaldagi AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining haddan tashqari yumshoq siyosati AQSHni uchinchi dunyo davlatiga aylantirib qo‘yganini ta’kidlagan. Tramp o‘z nutqlarida muhojirlarga nisbatan qat’iyroq choralar ko‘rish va amaldagi migratsiya dasturlarini qayta ko‘rib chiqish zarurati haqida gapirgan.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Texas sudi Prezident Jo Bayden ma’muriyatining AQSH fuqarolari bilan turmush qurgan muhojirlarga huquqiy maqom berish dasturini to‘xtatishga qaror qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh muhojir Donal'd Tramp migrantlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing