Tramp AQSH bayrog‘ini yoqqanlarni qamoqqa tashlashni taklif qildi
Olam
−
21 iyun 2020
6845AQSH Prezidenti Donald Tramp Amerika bayrog‘ini yoqqanlarni jazo tariqasida bir yilga qamoqqa tashlashni taklif qildi.
"Agar Amerika bayrog‘ini yoqsa, bir yilga qamoqqa tashlanadi, degan qonun loyihasini taklif qilishimiz kerak", dedi u Talsa shahrida (Oklaxoma shtati) o‘tkazilgan mitingda.
So‘nggi haftalarda afroamerikalik Jorj Floydning politsiya tomonidan o‘ldirilishi oqibatida sodir bo‘lgan norozilik namoyishlari fonida, irqiy kamsitishga qarshi namoyishchilar Konfederatlar haykallarini ag‘darishmoqda va ba’zan AQSHning turli shaharlarida mamlakat bayroqlarini yoqishmoqda.
Tramp bundan oldin Amerika Konfederativ Shtatlari qo‘mondonlari nomidagi bir qator harbiy bazalarning nomini o‘zgartirishga qarshi chiqqan edi.