Tramp 30 ming noqonuniy migrantni Guantanamodagi qamoqxonaga yubormoqchi
Olam
−
30 yanvar 4931 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp noqonuniy migrantlarni hibsga olishni nazarda tutuvchi yangi farmonni imzolaydi. Ushbu farmon Kuba hududidagi Guantanamo harbiy bazasida 30 ming nafar ushlangan migrantni vaqtinchalik saqlashni qonuniylashtiradi. Bu haqda “Independent” xabar berdi.
“Men, shuningdek, Mudofaa vazirligi va Ichki xavfsizlik vazirligiga Guantanamo bazasida 30 000 nafar odamni joylashtirish uchun infratuzilmani tayyorlashni boshlash bo‘yicha ko‘rsatma beruvchi farmonni ham imzolayman”, dedi Tramp.
Uning ta’kidlashicha, ko‘pchilik bu haqda bilmaydi, lekin Guantanamoda Amerika xalqiga tahdid soluvchi eng xavfli noqonuniy jinoyatchilarni saqlash uchun 30 000 ta joy mavjud.
“Ba’zi noqonuniy jinoyatchilar shunchalik xavfli ekan-ki, ularni kelib chiqqan davlatlariga topshirishga ishonmayman. Shuning uchun biz ularni Guantanamoga yuboramiz”, dedi Tramp.
Ma’lumot uchun, 2002 yilda Guantanamoda AQSH harbiy bazasi hududida qamoqxona tashkil etilgan. 2009 yilda o‘sha paytdagi prezident Barak Obama uni yopish to‘g‘risida farmon chiqargan, biroq Kongress bunga to‘sqinlik qilgan. Ob’ekt hali ham faoliyatini davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq gavjum bo‘lgan Chikago ko‘chalari Donald Tramp siyosati doirasida boshlangan noqonuniy migrantlarga qarshi reydlar tufayli bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolgani xabar qilingandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr