Tramp 2026 yilda AQSH bo‘ylab sayohat qilmoqchi – OAV
Olam
−
08 noyabr 2025 2683 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp 2026 yilda o‘tkaziladigan Kongressga oraliq saylovlar kampaniyasi doirasida mamlakat bo‘ylab sayohatlarni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tramp va Oq uyga yaqin manbalarga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.
Manbalarning ma’lum qilishicha, Tramp o‘zining birinchi prezidentlik davrida kuzatilgan holat – demokratlar Vakillar palatasida nazoratni qo‘lga olishi, uning qonunchilik tashabbuslari to‘xtab qolishi va unga ikki marta impichment e’lon qilish urinishlarining takrorlanishidan xavotirda. Shu sababli u 2026 yilda sayohatlarni faolroq amalga oshirishni istamoqda.
“2026 yilda u (Tramp) oraliq saylovlar kampaniyasi doirasida safarlarini ko‘paytirishi kutilmoqda… U o‘zining birinchi prezidentlik davridagi oraliq saylovlar holatining takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tramp va Janubiy Karolina shtatidan senator, respublikachi Lindsi Grem joriy yilning noyabr oyida uchinchi yillik turnirni o‘tkazadi. Bu tadbir 2026 yilgi saylovlar sikli doirasida Prezidentning ilk shaxsan ishtirok etadigan ommaviy uchrashuvi bo‘ladi.
“Politico” nashrining yozishicha, mazkur turnir Trampning oraliq saylovlar kampaniyasidagi birinchi shaxsiy ishtirokini bildiradi. Oq uy Prezidentning bu rejalari haqida izoh bermagan, biroq ilgari manbalar Tramp respublikachilarni shaxsan qo‘llab-quvvatlashni va Kongressning ikkala palatasida ham nazoratni saqlab qolishni maqsad qilganini bildirgan.
Live
Barchasi